16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

G‘ayrioddiy ulkan piton topildi

Indoneziyada topilgan ulkan to‘rsimon piton yovvoyi tabiatdagi rasman o‘lchangan dunyodagi eng uzun ilon sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar beradi UPI manbasi.

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, taqdim etilgan tasdiqlovchi dalillar tekshirilganidan so‘ng to‘rsimon piton uzunligi 7,2 metrni tashkil etishi aniqlandi. Ayni vaqtda ilon tabiat himoyachisi Budi Purvanto, ilonlar bilan ishlovchi litsenziyali mutaxassis Dias Nugraxi va yovvoyi tabiat suratchisi Radu Frentiu qaramog‘ida.

Aytishlaricha, ular Maros hududida yashovchi mahalliy aholining g‘ayrioddiy ulkan piton paydo bo‘lgani haqidagi xabaridan so‘ng o‘sha ilonni izlashga borishgan. Unga Ibu Baron, ya’ni «Baron xonim» laqabi berilgan.

To‘rsimon pitonlar dunyodagi eng uzun ilon turlaridan biri sanaladi, biroq odatda ularning ulchami katta yoshda 5,8 metrga yetadi. Yangi topilgan namuna bu ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshdi va dunyo rekordini yangiladi.