16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Imtihon uchun o‘z o‘rniga odam yollagan talaba o‘qishdan haydaldi

Xitoyda talaba qiz imtihonga uning o‘rniga xotin-qiz libosidagi yigit kelgani ortidan oliygohdan haydaldi, deb yozadi World of Buzz manbasi.

Chjunnan iqtisodiyot va huquq universiteti talabasi buxgalteriya bo‘yicha topshiriladigan imtihon uchun odam yollab, o‘qituvchilarni aldashga uringani fosh bo‘ldi. Yollanma «xaloskor»ning qiyofasi imtihon komissiyasi a’zolarida shubha uyg‘otgan. Tekshirishdan so‘ng hammasi oydinlashgach, u qochishga uringan. Biroq politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

So‘roq davomida yigit talaba qiz unga bog‘lanib, o‘zining o‘rniga imtihon topshirib berish uchun pul taklif qilganini aytgan. Universitetdan xabar berilishicha, qiz talabalar safidan chiqarilgan. Bundan tashqari, ushbu kabi firibgarlik holatlari qayta takrorlanmasligi uchun muassasada nazorat chora-tadbirlari kuchaytirilgan.