16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Köçalarda daydi muşuk va itlar qolmadi

Turkiya hukumati mamlakat böylab qarovsiz hayvonlarni tutiş işlarini yakunladi. Bu haqda Anadolu Ekspres manbasi içki işlar vaziri Mustafo Çiftçi sözlariga asoslanib xabar bergan.

Vazirning aytişiça, jarayon ikki bosqiçda amalga oşirilgan. Dastlab megapolis maqomiga ega bölmagan 51 ta viloyatda işlar olib borilgan. Joriy yil avgust oyidan boşlab esa 30 ta yirik şaharda ham qarovsiz hayvonlarni tutiş işlari davom ettirilgan va amaliyot 21-oktabr kuni töliq yakunlangan.

«Biz butun Turkiya miqyosida belgilangan maqsadga erişdik. Qarovsiz hayvonlarning 100 foizi tutildi va ularni boşpanalar yoki tabiiy yaşaş hududlariga joylaştirdik», degan vazir.

Mahalliy hokimiyat organlari tutilgan hayvonlar uçun boşpanalar va tabiiy yaşaş maydonlari barpo etgan. Şuningdek, ularni davolaş, emlaş, bepuştlaştiriş va murojaat asosida yangi egalariga topşiriş işlari ham amalga oşirilmoqda ekan.

Mamlakat parlamenti 2024-yil 30-iyulda qarovsiz hayvonlar bilan muomalani tartibga soluvçi qonunni qabul qilgan. Mahalliy hokimiyat organlarining majburiyatlari uşbu hujjat asosida qayta körib çiqilib, avvalgi «tutiş – bepuştlaştiriş – yana qöyib yuboriş» tartibi özgartirilgan.