ChatGPT dasturi foydalanuvchidan uning 18 yoshga to‘lganiga shubhalansa, pasport yordamida shaxsini tasdiqlashni so‘ray boshladi. Bu haqda habr.com manbasi ma’lum qilgan.
Tizim tekshiruv o‘tkazilgunga qadar «kattalar uchun» deya toifalangan mavzularda munozaraga kirishishni cheklaydi. Ayrim hollarda shaxsini tasdiqlash so‘rovi voyaga yetgan foydalanuvchilarga ham yuborilgani qayd etilgan.
Dastur ishlab chiquvchisi bo‘lgan OpenAI kompaniyasi ushbu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilayotgani va ayni paytda asosan ingliz tilida so‘zlashuvchi mintaqalarda sinovdan o‘tkazilayotganini tasdiqlagan. Maqsad – yosh cheklovlariga amal qilinishini ta’minlash va voyaga yetmaganlarni potensial nomaqbul kontentdan himoya qilish ekanligi aytiladi.
Shuningdek, kompaniya pasport ma’lumotlarini qayta ishlash tizimi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgani, olingan faktlar shifrlangan holda uzatilishi va faqat yoshni tasdiqlash uchun foydalanilishini ta’kidlagan.

