Atoqli shevashunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor A’zam Shermatov 1925-yilda Koson tumanida tug‘ilgan.
Qashqadaryoga oid
1951-yilda Buxoro pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlab, Qarshi pedagogika institutida ish boshlaydi. 1957-yilda esa Nizomiy nomli Toshkent pedagogika institutining aspiranturasiga o‘qishga kiradi. Keyinchalik mazkur institutda turli lavozimlarda ishlash bilan bir qatorda, ilmiy izlanishlarini davom ettiradi.
1961-yilda «O‘zbek tilining Qarshi shevasi» mavzusidagi fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qiladi. 1978-yilda «O‘zbek dialektlarining hozirgi ahvoli va tarixiy taraqqiyoti muammolari (quyi Qashqadaryo shevalari asosida)» mavzusida fan doktorligi dissertatsiyasini himoya qiladi va professor unvoniga erishadi.
A’zam SHermatovning «Quyi Qashqadaryo o‘zbek shevalari», «O‘zbek xalq shevalaridan materiallar», «Qashqadaryo oblastida o‘zbek shevalari atlasi», «Lingvistik geografiya nima?» va shu kabi ko‘plab ilmiy asarlari, ellikdan ortiq ilmiy maqolalari filologiya fani sohasi mutaxassislari hamda talabalar uchun muhim bilim manbasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
A’zam SHermatov Koson tumanidan yetishib chiqqan birinchi yirik olim hisoblanadi.
BEKZOD tayyorladi.

