Xitoy hukumati davlat xizmatçilari va ularning oila a’zolari ustidan korrupsiyaga qarşi nazoratni sezilarli darajada kuçaytirmoqçi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi hukmron Kommunistik partiya markaziy qömitasi plenumi qaroriga tayanib xabar bergan.
Yangi çora-tadbirlar yaşirin aktivlarni aniqlaş, şuningdek, mansabdor şaxslarning rasmiy daromadlari bilan ularning haqiqiy turmuş darajasi örtasidagi nomuvofiqlikni foş etişga qaratilgan. Buning uçun rahbar kadrlarning oilaviy mol-mulki va xarajatlari tekşiruvi kuçaytiriladi, ular qarindoşlarining tadbirkorlik faoliyati hamda tijoriy manfaatlari ustidan nazorat qat’iylaştiriladi.
«Yetakçi kadrlarning şaxsiy ma’lumotlarini hisobga oliş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, oilaviy aktivlari va xarajatlari qonuniy daromadlaridan sezilarli darajada oşib ketadigan holatlarni tekşiriş hamda tergov qiliş zarur. Ularning turmuş örtoqlari, farzandlari hamda farzandlarining turmuş örtoqlari tomonidan amalga oşirilayotgan tadbirkorlik faoliyati ustidan muntazam nazoratni kuçaytiriş lozim», deyiladi hujjatda.
Jumladan, davlat xizmatçilari nafaqaga çiqqanidan keyin ham nazoratda bölişi belgilangan. Bundan taşqari, mas’uliyatdan qoçiş maqsadida öz lavozimidan ketiş holatlarining oldini oliş asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.

