Buyuk Britaniyada ota-onalar mamlakat bosh vaziri Kir Starmer hukumat tepasiga kelgach, Kir ismidan voz kechishdi. Bu haqda The Daily Mail nashri milliy statistika boshqarmasi tadqiqoti natijalariga tayanib yozgan.
2024-yil iyul oyidan buyon birorta ham yangi tug‘ilgan bolaga Kir ismi berilmagan. Nashr qayd etganidek, tarixda birinchi marta hech bir ota-ona o‘g‘lini leyboristlar lideri (amaldagi hukumat rahbari) bilan uyqash nomlashni istamagan.
U vazifaga kirishgunga qadar to‘rt bola Kir ismini olgan. Biroq Kir Starmer saylovda g‘olib chiqqach, uning nomi ro‘yxatdan butkul yo‘qolgan. Kir ismi irlandcha «dubh» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, qorong‘i yoki qora degan ma’nolarni anglatadi. Shuningdek, bu nom shodlandcha ildizga ham ega.
Tadqiqot natijalari bosh vazirning yosh ota-onalar o‘rtasida mashhurligi yo‘qligidan dalolat beradi, deya qayd etgan nashr. Shu bilan birga Kir Starmerning ba’zi siyosiy raqiblari ismlari farzand ko‘rgan oilalarda ma’qul topilgan – o‘tgan vaqt davomida 16 nafar bolaga Boris nomi berilgan.

