16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Prezident Koreya yarim orolida yangi davrni boshlash niyatida

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myon zudlik bilan Koreyalararo muloqot kanalini tiklashga topshiriq berdi. Bu haqda «Ryonxap» manbasi ma’lum qilgan.

«Biz harbiy keskinlikni yumshatib, tinch muhit yaratish uchun zudlik bilan Janub-Shimol muloqot kanalini tiklaymiz va inqirozni boshqarish tizimini qayta yo‘lga qo‘yamiz», degan siyosatchi.

Uning ma’muriyati «foydasiz harbiy faollikni tugatib, muloqot va hamkorlikni tiklaydi». Prezident Janub va Shimol qo‘shma deklaratsiyasi imzolanganining 25 yilligi munosabati bilan ushbu bayonotni bergan.

 «Biz 2000-yilgi va’dalarni yodga olib, yo‘qotilgan vaqt va tinchlikni qaytarishimiz kerak», deya ta’kidlagan Li Chje Myon.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ikki Koreya adovat va sovuq urush mantig‘idan yiroqlashib, donolik va matonatni namoyish qilishi kerak.

 «Men Koreya yarim orolida barcha birga tinch-totuv yashashi va gullab-yashnashi mumkin bo‘lgan yangi davrni boshlash uchun bor imkoniyatlarni ishga solaman», degan u.