AQSH rahbari Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida adashib, bosh prokuror Pem Bondi uchun yozilgan va o‘zining siyosiy raqiblarini ta’qib qilishga chaqirilgan xabarni e’lon qildi. Bu haqda NBC News yozgan.
Gap prezident mamlakat adliya vazirligi uning qator siyosiy dushmanlariga qarshi chora ko‘rishi vaqti kelganini aytib, bosh prokurorga «ochiqcha bosim o‘tkazgani»ga oid noma haqida ketmoqda, deb yozadi manba.
Uzun postida AQSH yetakchisi bosh prokurorni «Pem» deb atab, uning dushmanlariga nisbatan «hech narsa qilinmayotgani»dan hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan.
Donald Tramp Pem Bondidan FQB sobiq direktori Jeyms Komi, senator Adam Shiff va Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeymsga qarshi ayblovlar ilgari surishni qat’iy talab qilgan.
U xabarni haqiqatdan ham Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali e’lon qilib yuborganini eshitib, ajablangan va «O» deya munosabat bildirib, keyin shunchaki vaziyatga e’tibor qaratmagan.

