16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

Qashqadaryoning qayeri “qashqa”?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, viloyat nomidagi «qashqa» so‘zi qanday ma’no anglatadi? Bilamiz, qashqa – ot yoki mol peshonasidagi oq joy, nishona. Lekin buning viloyat nomi olingan daryoga qanday bog‘liqligi bor?

Qashqadaryoga oid

Ayrim mutaxassislar quyi oqimida qurib qolgani uchun qaqshaydigan, qurib qoladigan daryo sifatida ham izohlashgan. E.Murzayev, V.Bartold kabi tarixchilar Keshirud, Keshrud daryosi nomining o‘zgargan shakli deya izohlashgan. Yirik olimlardan biri To‘ra Nafasovning fikriga ko‘ra, «qashqa» – turkiy yasama so‘z bo‘lib, qash (qosh) – tepa, balandlik, tog‘ cho‘qqisi, do‘nglik, ko‘tarma yer, qirg‘oq, yon, chet, chekka ma’nolarini anglatsa, «qa» qo‘shimchasidan belgi va narsa bildiruvchi so‘zlar yasalgan. Jumladan, qashlaq – balandlik, tikkalik, qiyalik; qashqa (qoshqa) – tog‘li (joy), tog‘. Qashqa suv – tez oqar suv; qashqa qum – uyum-uyum bo‘lib to‘planib qolgan qum to‘dasi, barxan.

Qashqa so‘zining turkiy tillardagi, eski o‘zbek tilidagi ma’nolariga tayanib aytish mumkinki, Qashqadaryo – tog‘ daryosi, tog‘dan boshlanuvchi daryo, tez oqar daryo degan ma’nolarni anglatadi.

BEKZOD tayyorladi.