16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Qirol qancha soliq to‘laydi?

Buyuk Britaniya qiroli Karl III birinchi marta jamoatchilikka o‘zi to‘laydigan soliqlar miqdori haqida ma’lumot beradi. Bu haqda Reuters agentligi qirollik oilasi vakiliga tayanib xabar tarqatgan.

Ma’lumotlar 25-iyun, payshanba kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan qirollik oilasining yillik hisobotida keltiriladi.

Qonunga ko‘ra, Karl III qirolicha Yelizaveta II dan meros bo‘lib o‘tgan mulk uchun daromad solig‘i, kapital qiymati o‘sishidan olinadigan soliq va meros solig‘ini to‘lashga majbur emas. Biroq u ayrim soliqlarni ixtiyoriy ravishda to‘lashga rozilik bildirgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Bukingem saroyi moliyaviy operatsiyalarni yanada shaffof qilish va Buyuk Britaniya fuqarolariga qirollik saroyining hisobdorlik tamoyillarini yaxshiroq tushuntirishga intilmoqda.

Aytilishicha, qirol rasmiy vazifalarini bajarish uchun hukumatdan 2025/26 moliya yilida olgan 132 million funt sterlingdan tashqari, yer, xususiy mulklari va investitsiyalardan ham daromad ko‘radi.