16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

“Rasprodaja” desa o‘zini tomdan tashlash kerakmi?

Turkiyada tovarlarni arzon sotib tugatish aksiyasida omadsiz ishtirokidan so‘ng ayol shifoxonaga tushdi, deya xabar tarqatgan Habertürk  manbasi. 

Savdo nuqtasi xo‘jayinining «Istalgan tovar 100 lira» aksiyasi to‘g‘risidagi e’loni olomon e’tiborini tortib, Istanbulning Bashakshehir tumanidagi do‘kon oldida tiqilinch sodir bo‘lgan. Odamlar tadbir boshlanishini kutib, eshik oldida uzoq turishgan. Ularga do‘konga kirishga ruxsat berilganida kuchli ur-yiqit boshlangan.

Ayrim xaridorlar hushidan ketib yiqilgan,  boshqa birovlari jarohat olgan, yana kimlardir tiqilinchda bolalarini yo‘qotib qo‘ygan. Betartib harakatlar sabab do‘konga kelgan ayollardan biri oyog‘ining bir nechta barmoqlari singan. Natijada u jarohatiga gips soldirishiga to‘g‘ri kelgan. Uning o‘ylagan xaridini amalga oshira olgani yoki yo‘qligi noma’lum.   

«Men sog‘lom borib, nogiron bo‘lib qaytdim», deya yozg‘irgan jabrlanuvchi.