Yevropa liderlari va AQSH hukumati global Janub mamlakatlariga nisbatan joriy qilgan sanksiyalar 38 million odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera manbasi ma’lum qilgan.
Materialda aytilishicha, Yevropa va AQSH uzoq vaqtlardan buyon sanksiyalardan mamlakatlar hukumatlariga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanib keladi. 1990-2000-yillarda har yili 30 taga yaqin davlat G‘arb sanksiyalari ta’siri ostida bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda The Lancet Global Health jurnali 1970-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda sanksiyalar bilan bog‘liq jami o‘limlar soni hisoblab chiqilgan tadqiqot xulosalarini e’lon qilgan.
«Natijalar hayratlanarli. Mualliflar Yevropa Ittifoqi va AQSH tomonidan 1970- yildan buyon turli mamlakatlarga qarshi kiritilgan bir tomonlama sanksiyalar 38 million o‘lim bilan bog‘liqligini aniqlashdi», deyiladi materialda.
Shu bilan birga, sanksiyalar tufayli jangovar harakatlardagiga nisbatan bir necha marta ko‘proq odamlar halok bo‘layotgani aytilgan.

