16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

SI ish soatlarini iqtisod qilishda qo‘l keladi

Yaponiya kompaniyalarining 75 foizi kundalik ish faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanadi. Bu fakt mamlakat moliya vazirligi o‘tkazgan o‘rganish natijalarida aks etgan.

Besh yil avval bu ko‘rsatkich atigi 11 foizni tashkil etgan. Hozir yirik kompaniyalarning 89 foizi kundalik ish faoliyatida SI texnologiyalaridan foydalanmoqda. Avtomobilsozlik va umumiy ovqatlanish sohalarida bu ulush 90 foizga yetadi. 

Vazirlikning tushuntirishicha, SI texnologiyalari ko‘pincha hujjatlarni tayyorlash, ma’lumotlarni qidirish va to‘plash, texnik ishlanmalar uchun qo‘llanilmoqda. Xususan, chat-botlarni joriy qilish telefon xizmatiga tushadigan yuklamalarni sezilarli darajada kamaytiradi, elektron yozishmalarda esa SI o‘nlab ish soatlarini iqtisod qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, yapon kompaniyalari zarur ko‘nikmaga ega mutaxassislar soni yetarli emasligi va SIdan foydalanish jarayonida ma’lumotlar sizib chiqishi xavfi haqida aytgan.

Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, SI avval taxmin qilinganidek, «ish o‘rinlari qisqarishi»ga olib kelmaydi. Texnologiya hozircha mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q va yanada ko‘proq bo‘sh ish o‘rinlari yaratishi mumkin.