Xitoyda United Aircraft kompaniyasining Boying T1400 Tandem Rotor uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Xinhua axborot agentligi ma’lum qilgan.
Qurilmaning eng yuqori uchish og‘irligi 1400 kilogrammni tashkil qiladi, parvoz vaqti – sakkiz soatgacha, balandligi – 6500 metr, maksimal tezlik – soatiga 180 kilometr.
Ikki motorli va o‘ta mustahkam kompozitli konstruksiyasi evaziga T1400 katta yuk ko‘tarish qobiliyati va keng ichki qismga ega bo‘lgan. Aqlli boshqaruv funksiyalari tufayli u qishloq xo‘jaligi, logistika va o‘rmon yong‘inlarining oldini olish kabi sohalarda qo‘llash uchun keng imkoniyatlarga egaligini namoyish etgan.

