16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

Vohaning ilk tadbirkor ayoli

Viloyatning katta muvaffaqiyatga erishgan ilk tadbirkor ayollaridan biri Narzioy Shodmonova 1944-yilda Qarshi tumanining Ko‘chkak qishlog‘ida tug‘ilgan.

Qashqadaryoga oid

Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda tadbirkorlikka, xususiy mulk rivojiga katta e’tibor qaratilishi Narzioy Shodmonovani ham o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga undaydi. 1991-yilda Qarshi shahridagi «Saodat» savdo do‘konini ijaraga olib, bu yerda o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Shu yilning o‘zidayoq «Tikuvchi»  ko‘p  tarmoqli kichik korxonasiga asos solib, 15 kishilik  yangi ish o‘rinlari yaratadi.

Narzioy Shodmonova 1991-1992-yillar davomida «Saodat-2» hamda «Farangiz» savdo markazlarini qurib, ishga tushiradi. 1996-yilda «Nazira» xususiy savdo-ishlab chiqarish firmasini tashkil etadi. Firma tasarrufida Qarshi shahrining Jayhun ko‘chasida mehmonxona, restoran, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hamda texnik xizmat ko‘rsatish majmualarini ishga tushiradi. Ularda yana 150 dan ortiq kishining doimiy ish bilan bandligi ta’minlanadi.

Shu yillar mobaynida Qarshi shahrining hozirgi Islom Karimov ko‘chasida «Ishbilarmonlar» markazi qurib bitkazildi. 2005-yilda uch yulduzli «Grand» mehmonxonasi foydalanishga topshiriladi.

Narzioy Shodmonova 2007-yilda vafot etgan.

Uning faoliyatini aks ettiruvchi  «Nazira» filmi suratga olinib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

BEKZOD tayyorladi.