Hindistonda Garbage cafe tarmog‘i nuqtalari chiqindini to‘lov sifatida qabul qilmoqda. Bu haqda Good News Network manbasi xabar tarqatgan.
«Chiqindixonasiz shahar» nomi bilan mashhur Ambikapurda bir kilogramm plastik chiqindi evaziga to‘rt xil, xususan guruch, ikki xil karri va dal – yasmiqli an’anaviy hind taomlaridan iborat to‘liq tushlik olish mumkin bo‘lgan bir nechta yemakxonalar ishlayapti.
Bir nuqtada kuniga 20 nafarcha mijozga xizmat ko‘rsatilib, 20 kilogramm atrofida plastik to‘planadi. Kafe ish boshqaruvchilardan biri Vinod Patelning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv nafaqat och odamlarni ovqatlantirishga yordam beradi, balki shaharni plastik chiqindilardan tozalashda ham qo‘l keladi.
Budjeti cheklangani bois mahalliy hokimiyatda murakkab utilizatsiya tizimlarini joriy etish imkoniyati yo‘q, shunga qaramay, hududda har kuni qariyb 226 tonna plastik chiqindilar to‘planadi va qayta ishlanadi.
Bunday yemakxonalar Hindistonning boshqa shaharlarida, shuningdek, mahalliy ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun ushbu g‘oyani qabul qilgan Kambojada paydo bo‘lgan.

