Prezidentning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan yurtimizdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgani uchun mukofotlangan opa-singillarimiz orasida Qashqadaryodan quyidagilar bor:
«Do‘stlik» ordeni bilan
Elboyeva Klara Cho‘liyevna – Nishon tumanidagi «Nishon qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni
Yuldashova Mehri Artiqovna – Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Yo‘ldasheva Mahliyo Norpo‘latovna – G‘uzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi
Qorayeva Dilnavoz Kumakovna – Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi

