AQSH davlat departamenti bolalari uchun aliment to‘lamay kelayotgan ota-onalarning pasportlarini avtomatik tarzda bekor qilishni boshladi. Bu haqda Associated Press manbasi xabar tarqatgan.
Nashrda ta’kidlanishicha, aliment bo‘yicha qarzdorlik 100 ming dollardan oshgan taqdirda pasport bekor qilinishi mumkin. Dastlabki bosqichda mazkur chora 2,7 ming nafar amerikalikka nisbatan qo‘llanilishi kutilmoqda.
Mamlakatda aliment undirishdagi asosiy muammo qarzdorlarning yashirin daromadlari bilan bog‘liq: agar shaxs pulni norasmiy tarzda olsa, mablag‘ ushlab qolishning imkoni bo‘lmaydi. Bu holat o‘zini o‘zi band qilganlar, marketpleyslar, taksi yoki elektron hamyonlar orqali daromad topuvchilarga ham taalluqli.
Hisob palatasida aliment to‘lamaslik uchun jazoni o‘zgartirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda ekan. Hozirgi kunda bu boradagi sud hukmlarining katta qismi (80 foiz) amalda bajarilmaydigan majburiy mehnat ishlari bilan bog‘liq.

