16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Boyvachcha bemorning parvarishlovchisi katta merosga ega chiqdi

Irlandiyada ayol 75 yoshli millioner fermerga turmushga chiqib, ertasi kuni katta merosga ega bevaga aylandi. Bu haqda Daily Mirror manbasi xabar bergan.

Aytilishicha, Jo Groganga 2023 yilning yanvarida qon saratoni tashxisi qo‘yilgan. Shu yili 14 aprelda u o‘zidan 26 yosh kichik bo‘lgan parvarishlovchisi Liza Flaerti bilan yashirincha turmush qurgan. Millionerning qarindoshlari na to‘y haqida, na nikoh haqida eshitishmagan.

Nikoh rasmiylashtirilgan kunning ertasida fermer vafot etgan. Natijada Liza Flaerti bir kunlik nikoh ortidan qiymati 5,5 million yevroga baholangan 89 gektar maydonli fermani meros olgan.

Shundan buyon marhumning oilasi rasmiylardan qarindoshining to‘satdan vafot etgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilib keladi. Biroq mamlakat hukumati Jo Grogan o‘limiga infeksiya sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, murojaatni rad etmoqda.