Estoniya parlamenti deputati Varro Vooglayd hukumat binolarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlarini osib qo‘yish vaqtini qisqartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda ERR manbasi ma’lum qilgan.
Xabarda qayd etilishicha, deputat hujjatni yetti nafar hamkasbi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan. Tashabbusning maqsadi davlat binolarida Estoniya bayrog‘i qadr-qimmati va maxsus maqomini ta’minlashga qaratilgan.
Unga ko‘ra, boshqa mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlar bayroqlarini davlat binolarida hozirgiday doimiy emas, faqat rasmiy maqsadlarda ko‘tarish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qonun loyihasida «ideologik chaqiriqli» bayroqlarni ko‘tarish yoki «ideologik mazmunga ega» boshqa ramzlarni ommaviy namoyish qilishni taqiqlash taklif etilgan.

