16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Dunyo iqtisodiyoti “sinish pallasi”ga yetdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari boshlagan savdo urushi va murakkab geosiyosiy vaziyat uzoq vaqt davomida shakllangan iqtisodiy tartibga zarba berib, dunyo moliya tizimi uchun xavf tug‘dirayapti. Bu haqda Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) hisobotida aytilgan.

BIS rahbari Agustin Karstensning so‘zlariga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti «sinish pallasi»ga yetib, «yuqori noaniqlik va oldindan aytib bo‘lmaslikning yangi davri» kirdi. Proteksionizm va savdolar parchalanishining kuchayishi alohida tashvish uyg‘otib, shundoq ham bir necha o‘n yillardan buyon davom etayotgan iqtisodiy inqirozni chuqurlashtirmoqda.

Aholining qarishi, iqlim o‘zgarishi, geosiyosat va ta’minot zanjiridagi muammolar ham dunyo iqtisodiyotining zarbalarga chidamliligini susaytiradi. Oshirilgan foiz stavkalariga aloqador davlat qarzining yuqori darajasi va hukumatlarning inqirozlardan chiqish uchun mablag‘ sarflash qobiliyati pasaygani  moliya tizimida ayniqsa salbiy rol o‘ynaydi.