16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Faromushxotirning omadi chopdi

Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi fuqaro faromushxotirligi tufayli 500 ming dollarlik katta loteriya yutug‘i egasiga aylandi, deb yozadi UPI manbasi.

G‘olibning so‘zlariga ko‘ra, u 50 dollar yutuq chiqqan lotereya chiptasini naqdlashtirish uchun bozorga otlangan. Manzilga yetib kelgach, bilsinki, uni uyda unutib qoldirgan va g‘azabga tushgan. Qaytib borib, yana kelish uchun vaqtni behuda sarflash o‘rniga u o‘sha lotereya o‘yini uchun boshqa bitta chipta sotib olishga qaror qilgan.

Erkak bozordan uzoqlashmay, mashinasida omadini tekshirib ko‘rgan. U chipta himoya qatlami ostida yarim million dollar yutuq yashinganini ko‘rib, hayratga tushgan.

G‘olib allaqachon qo‘lga kiritgan yutug‘ini nimalarga sarflashi haqidagi rejalari bilan ham o‘rtoqlashgan. U ipoteka kreditini to‘lash, yangi avtomobil sotib olish, eng muhimi, oilasiga ko‘proq vaqt ajratish uchun ish kunlarini qisqartirish niyatida.