16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Salomatlik

Jismoniy holatni baholashning sodda usuli

Hech narsaga tayanmay bir oyoqda 30 soniya tura olish qobiliyati 60 va undan katta yoshli kishilarda jismoniy salomatligi yaxshi ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kompleks yondashuv bo‘limi direktori Selina Lim Metro manbasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, organizm qarigani sari muvozanatni his qilish qobiliyati birinchilardan bo‘lib zaiflashadi.

«65 yoshdan keyin ko‘p odamlar muvozanatini hatto bir necha soniya tutib turishga ham qiynalib qoladi va bu yiqilish xavfi yuqoriligi, dadillikning yo‘qolishi va o‘limning ortishi bilan bog‘liq», degan ekspert.

Mutaxassis sinov uchun qo‘llarni belga qo‘yib, bir oyoqda turishni taklif etgan. Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan kishilar shunday holatda o‘rtacha 43 soniya, 40-49 yoshlilar 40 soniya, 50-59 yoshlilar 37 soniya tura oladi. 60-69 yoshlarda bu ko‘rsatkich 30 soniyagacha, 70-79 yoshlarda 18 soniyagacha, 80 yoshdan keyin esa 5 soniyagacha pasayadi.

Selina Limning tushuntirishicha, bunda bardoshlilik mushaklar kuchi, asab tizimi holati va umumiy jismoniy faollik darajasiga bog‘liq. Agar muvozanatni yoshga mutanosib yaxshi tutib tura olmasangiz bu jismoniy holatingizga ko‘proq e’tibor qaratish uchun sabab bo‘ladi.