Fransiyaning Tuluza shahrida shifokorlar 88 yoshli erkak ichagidan Birinchi jahon urushi davriga oid snaryad topdi. Bu haqda Le Figaro gazetasi yozgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bemor qorin sohasidagi noqulaylik sabab shifoxonaga murojaat qilib, ichaklarida begona jism joylashib qolganini aytgan.
«Uni olib tashlash bo‘yicha amaliyotda jarroh «topilma»ni Birinchi jahon urushi davridagi uzunligi taxminan 16, diametri 4 santimetr bo‘lgan o‘q-doriga o‘xshatgan», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, endi erkak snaryadni qayerdan olgani haqida rasmiy ko‘rsatma berishi kerak. Biroq, hukumat uni jinoiy javobgarlikka tortmaydi.

