16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Masjiddagi portlash tashkilotchisi qo‘lga tushdi

 Pokiston xavfsizlik kuchlari Islomobodda uyushtirilgan va o‘ttizdan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan terakt tashkilotchisi hamda uning uch nafar hamtovog‘ini qo‘lga oldi.  Bu haqda The News gazetasi xabar tarqatgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva provinsiyasida ushlangan. Hujum tashkilotchisi «Islom davlati» terrorchilik guruhiga aloqador bo‘lgan va Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan. Qo‘lga olish amaliyoti vaqtida xavfsizlik kuchlarining uch nafar xodimi jabrlangan. Yana bir nafari esa olgan jarohatlari sabab vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Islomoboddagi masjidda portlash bo‘lgandi. Natijada jarohatlangan 200 kishidan 31 nafari  hayotdan ko‘z yumgan.

Masjid nazoratchisi so‘zlariga ko‘ra, uch nafar terakt ijrochisi portlashdan oldin binoga bostirib kirib, mahalliy qo‘riqchini jarohatlagan.

Mamlakat mudofaa vaziri Xo‘ja Asif «hujumga aloqador terrorchilar avvalroq Afg‘onistonga borib-qaytishgani allaqachon isbotlangan»ini aytgan.