16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Millionerlar uchun eng jozibador shahar

Dubay millionerlar uchun eng jozibador shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Savills xalqaro ko‘chmas mulk brokerlik kompaniyasi ma’lum qilgan.

Amirlikning jozibadorligi meros va kapital daromadlarga soliq solinmasligi, rivojlangan infratuzilma, yuqori xavfsizlik darajasi, shuningdek, xalqaro maktablar soni ko‘pligi bilan izohlangan. Ikki million dirham (544,5 ming dollar) investitsiya uchun o‘n yilga hududda yashash huquqini beruvchi «Oltin viza» dasturi qo‘shimcha omil sifatida ko‘rsatilgan.

Nyu-York mezon ko‘rsatkichlari yig‘indisi bo‘yicha Dubaydan ortda qolib, reytingda ikkinchi o‘ringa joylashgan. London, hayot sifati bo‘yicha yetakchilik qilsa-da, elita ko‘chmas mulklarga bo‘lgan talabga aks ta’sir ko‘rsatuvchi Britaniya soliq tizimi sabab umumiy reytingda pastlagan.

Savills hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dollarda millionerlar soni 680 ming kishiga ko‘paydi va 2029-yilga kelib ular soni 5 milliondan ortiqqa o‘sishi prognoz qilinmoqda.