16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

MUKOFOTLAR MUBORAK!

Joriy yil 29-sentabrda Prezidentning «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir  guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohada islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlariga qo‘shayotgan munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ma’nan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelayotgani uchun davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallari bilan mukofotlangan kasb fidoyilari safida Qashqadaryodan quyidagilar bor:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Uzakov Zair – Qarshi davlat texnika universiteti kompyuter tizimlarining dasturiy va texnikaviy ta’minoti kafedrasi professori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Sattorov Bobonazar Nuftillayevich – Kasbi tumani 1-texnikumi direktori

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich – Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakulteti kafedra mudiri

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Mukumova Shaxnoza Buranovna – Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining musiqa nazariyasi va fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi

«Jasorat» medali bilan

Ziyotov Farrux Saodilla o‘g‘li – Qarshi shahridagi «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan 18-maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi

«Shuhrat» medali bilan

Mengliyeva Xursand Rajabovna – Nishon tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Umarova Muazzam Ergashevna – Shahrisabz tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi