16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Osiyo sanoatni robotlashtirish bo‘yicha yetakchi

O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 542 mingta yangi sanoat roboti o‘rnatilgan bo‘lsa, shundan 54 foizi (295 mingtasi) Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro robototexnika federatsiyasi (IFR) hisobotida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Unda qayd etilishicha, XXRda ushbu ko‘rsatkichni 2028-yilgacha har yili o‘rtacha 10 foizga oshirib borish uchun katta solohiyat mavjud.

IFR hisobotida aytilganidek, 2024-yilda jami sanoat robotlari soni ular 254 mingta o‘rnatilgan 2015-yildagi miqdorga nisbatan ikki barobarga ortgan. O‘tgan yili jami sanoat robotlarining 74 foizi Osiyo, 16 foizi Yevropa va 9 foizi Janubiy Amerika ulushiga to‘g‘ri kelgan.

«Robototexnika sanoati global makroiqtisodiy sharoitlardan himoyalanmagan, biroq umumiy uzoq muddatli o‘sish tendensiyasi yaqin vaqtlarda tugashining hech bir alomati yo‘q», deyiladi hisobotda.

IFR joriy yilda 6 foizga ko‘proq sanoat robotlari (575 mingta) o‘rnatilishi, 2028- yilda esa bu ko‘rsatkich 700 mingdan oshishini bashorat qilgan.