16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

O‘ta yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatishga qodir dunyodagi ilk universal chip ishlab chiqildi

Xitoyda oltinchi avlod (6G) tarmoqlari uchun barcha chastotalar, jumladan, millimetr va subteragers diapazonlarda o‘ta yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatishga qodir dunyodagi ilk universal chip tayyorlandi, deya xabar qiladi South China Morning Post manbasi.

Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, texnologiya ma’lumotlar uzatishni AQShning aholi kam yashaydigan hududlaridagi joriy tezliklarga nisbatan 5000 martaga tezlashtirish imkonini beradi. Bunday internet bilan 8K o‘lchamdagi 50 gigabaytlik videofaylni bir necha soniyada uzatish mumkin bo‘ladi. 

Ishlanmani Pekin universiteti olimlari taqdim etib, uning o‘ta tezkor simsiz ulanishga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitdagi ahamiyatini ta’kidlashgan. Professor Van Sinszyun so‘zlariga ko‘ra, texnologiyaning universalligi yangi avlod tarmoqlarining turli sharoit va arxitekturalariga o‘zgaruvchan moslashish zarurati bilan asoslanadi.