Britaniya transport politsiyasi zobiti Adrian Yang metro bekatida 15 yoshli qizning yoqasidan tutib, zo‘ravonlik bilan to‘xtatgani uchun sudda hujum qilganlikda aybdor deb topildi, deya xabar tarqatgan Daily Mail manbasi.
Videokuzatuv kameralari yozuvida 48 yoshli xodim qizni turniketdan orqaga itarib, uning yoqasidan tutgani va boshini taxminan 30 soniya davomida avtomat qurilmaga bosib turgani aks etgan. Shundan so‘ng unga qo‘lkishan taqib, hibsga olgan.
Voqea guvohlari politsiyaga ariza asosida shikoyat qilishgan. Tergov natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallar Qirollik prokuraturasiga yuborilgan va Vestminster magistrlik sudi Adrian Yangni hujum qilganlikda aybdor deb topgan. Hukm keyingi oyda e’lon qilinadi.
Bosh konstebl yordamchisi Shon O’Kallagan zobitning harakatlarini «dahshatli» deb atab, voyaga yetmaganlarga nisbatan kuch ishlatishni «mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Politsiyachi vaziyatni izdan chiqarmay, uning ustidan nazoratni ushlab turishi kerak. Adrian Yang bizning xizmatga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini so‘ndirdi» degan.

