Internet foydalanuvchisi Reddit saytida Amazon (onlayn do‘kon)dan unga Gigabyte GeForce RTX 5090 Aorus videokartasi o‘rniga buyurilgan tovar qadog‘i ichida guruch va makaron mahsuloti, shuningdek, boshqa brenddagi eskirgan muqobil uskuna yuborishganini yozib qoldirdi.
Jabrlanuvchi so‘zlariga ko‘ra, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn do‘konning Niderlandiya bo‘linmasida rasmiylashtirilgan, yetkazib berish esa Ispaniyadan amalga oshirilgan. Qadoqning tashqi ko‘rinishidan hammasi joyida, biroq ichidagilari buyurilgan tovar tavsifi va texnik xususiyatlariga mos kelmaydi.
Voqea Reddit foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ba’zilar turli firibgarlik sxemasi haqida taxminlar bildirgan. Eng ehtimolga yaqin variant esa avvalgi xaridor asl mahsulotni olib, qadog‘iga muqobil arzon uskunani joylagan va og‘irlikni sozlash uchun boshqa narsalar ham solib, buyurtmani rad qilish usulida ortga qaytargan. Aftidan, yetkazib beruvchi qaytgan tovarni yetarlicha tekshirmay, takroran savdoga chiqargan.
Amazon ushbu holatga rasmiy munosabat bildirmagan.

