16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Ma’naviyat

Şahrisabzning birinçi ayol hokimi haqidagi kitob taqdimoti ötkazildi

Yaxşilar yodi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qaşqadaryo viloyati bölimi taşabbusi bilan Şahrisabz davlat pedagogika institutida “Şijoat, Odillik, Diyonat, Insoniylik, Oqibat, Yölboşçilik haqida hikoyalar” kitobi taqdimoti ötkazildi.

Kitob fidoyi inson, taşabbuskor va taşkilotçi rahbar Şodioy Mansurova (1946-2024) haqida bölib, u kişi xalqparvar, mehnatsevar, halol va bilimdon inson sifatida keng jamoatçilikning yuksak hurmatini qozongan edi.

Şodioy Mansurova viloyat xotin-qizlari orasida birinçilardan bölib Şahrisabz şahri rahbari, viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi bölib işlagan, “Mö’tabar ayol” kökrak nişoni, “Salomatlik” ordeni sohibasi hisoblanadi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qaşqadaryo viloyati bölimi tomonidan Toşkent şahridagi “Pages Print” naşriyotida çop etilgan mazkur töplam “Qalbga muhrlangan tarix”, “Yodimizda mangu barhayot”, “Şodioy Mansurova – ijodkorlar nigohida” kabi boblardan iborat bölib, birga işlagan hamkasblari, şogirdlari, farzandi va yaqinlari, şuningdek, yozuvçi, şoir va jurnalistlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Jumladan, Komila Karomova, Ozod Parmonov, Muhabbat Şarapova, Maryam Geldiyeva, Böri Norqobilov, Xosiyat Bobomurodova xotiralari öquvçi qalbida öçmas iz qoldiradi. Kitobda, şuningdek, Şodioy Mansurova hayoti va faoliyatini aks ettiruvçi köplab suratlar ham örin olgan.

– Ustozim Şodioy Aslonovna Şahrisabz şahrining birinçi rahbari böladimi, Qarşi tumani yoki şahridagi mas’ul lavozimlarda işlaydimi, mahalla raisi böladimi – barça joyda öz örni va öz söziga ega edi, – deydi Komila Karomova. – Odamlar uning ortidan ergaşardi, çunki u aytgan gapni avvalo özi bajarardi. Şuning uçun ham el orasida “Kiçik jussadagi toğdek qudratli ayol” degan samimiy e’tirofga sazovor bölgan edi.

Taqdimotda Şodioy Mansurova bilan yelkama-yelka işlagan insonlar, şogirdlari, nuroniylar, jamoatçilik faollari fidoyi va samimiy inson bilan boğliq xotiralarni yodga olişdi.

Taqdimotda Şodioy Mansurova haqidagi videorolik ham namoyiş etildi.

B.SAYFIYEV

Suratlarda: taqdimotdan lavhalar.