16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Shaxsiy bog‘larni sug‘orishga taqiq kiritildi

Germaniyada halokatli qurg‘oqchilik sabab umumfoydalanishdagi suvlardan shaxsiy bog‘larni sug‘orishga taqiq kiritildi. Bu haqda Focus jurnali xabar qilgan.

Yomg‘irlar rekord darajada kam bo‘lgani va yer osti sizot suvlari sathining keskin tushib ketgani hukumatni daryolar, ko‘llar va quduqlardan ham shaxsiy, ham umumiy ehtiyojlar uchun suv olishni taqiqlashga majbur qilgan.

Hozir Brandenburg, Saksoniya-Anxalt, Quyi Saksoniya, Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Baden-Vyurtemberg federal yerlarining ayrim hududlarida bog‘lar va sport maydonchalarini sug‘orish 50 ming yevro jarima tahdidi ostida taqiqlangan.  Cheklov yer osti suvlari bilan kundalik sug‘orishga ham tegishli.