16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Shov-shuvli o‘g‘irlikka qo‘riqchi ham sherik bo‘lishi mumkin

Yaqinda Parijdagi Luvr muzeyida sodir bo‘lgan 76 million funt sterlinglik shov-shuvli o‘g‘irlik yuzasidan tergovda ehtimoliy ichki hamkorlik belgilari aniqlandi. Bu haqda The Telegraph ishga yaqin manbaga tayanib xabar uzatgan. 

Nashrga ko‘ra, raqamli dalillar muzey qo‘riqchilaridan biri o‘g‘rilarga xavfsizlik tizimi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni bergan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Manbalar qo‘riqchi voqeaga qadar gumon qilinayotgan jinoyatchilar bilan aloqada bo‘lib turgani va ularga muhim ma’lumotlarni taqdim etgani ehtimolini qayd etgan.

Parij prokurori Lor Bekkuo jinoyat joyidan 150 ta DNK namunasi va boshqa izlar topilgani, videokuzatuv kameralari esa ikkita Yamaha TMax skuterida bo‘lgan jinoyatchilar harakatlangan yo‘nalishga tushish imkonini berganini ma’lum qilgan. 

19-oktabr kuni tongda Luvrga o‘g‘ri tushib, «Apollon galereyasi»dagi to‘qqizta  zargarlik buyumini o‘margan. Napoleon III ning xotini – imperator Yevgeniyaga tegishli toj allaqachon ko‘chadan siniq holda topilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, jinoyatchilarning ham ayrimlari qo‘lga olingan.