16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Sun’iy intellektning xatosi tufayli o‘quvchi hibsga olindi

Baltimor (AQSH) shahridagi Kenwood o‘rta maktabida sun’iy intellektga asoslangan videomonitoring tizimi yuqori sinf o‘quvchisi qo‘lidagi qadoqli chipsini o‘qotar qurol deya malakalagani ortidan ta’lim tashkilotiga politsiya yuborildi. Bu haqda Metro manbasi xabar bergan.

Hodisa futbol mashg‘ulotlaridan keyin darhol ro‘y bergan: maktabga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari Taki Allenga yerga yotishini buyurib, qo‘lga olishgan va uni binodan olib chiqib ketishgan. O‘quvchi va uning oilasidagilarning aytishicha, o‘smir hech qanday huquqbuzarlik sodir etmagan. Ota-ona politsiyaning harakatlarini o‘ta qo‘pol deb baholagan, maktab xodimlari esa bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng o‘smirning ruhiy holatiga yetarlicha e’tibor qaratmagan.

 «Agar yana bir qadoq chipsi yesam yoki biror nima ichsam ular qayta keladi degan xavotirni his qilaman», degan o‘quvchi.