AQShning g‘arbiy sohillarida magnitudasi to‘qqiz balldan yuqori kuchli zilzila va vayronkor sunami ro‘y berishi mumkin. Xavf Kanadadan Kaliforniyagacha cho‘zilgan 970 kilometrlik suv osti yorig‘idagi faollik bilan bog‘liq, deya xabar qiladi Daily Mail manbasi.
Olimlar okean tubining yuqori aniqlikdagi xaritasini tuzib, tektonik plitalar jiddiy bosim hosil qiladigan to‘rtta yoriq segmentini aniqlagan. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, bundan yuzaga kelishi mumkin sunami to‘lqinlari balandligi 30 metrga yetib, Shimoliy Oregon, Vashington va Janubiy Britaniya Kolumbiyasi qirg‘oq hududlarida keng miqyosli vayronalarga olib keladi.
«Iqtisodiy zarar juda katta bo‘ladi, qurbonlar soni esa minglik raqamlarda ifodalanadi. Hatto olis shtatlar ham suvning ifloslanishi va kimyoviy chiqindilar tufayli jabr ko‘radi», deya qayd etgan ekspertlar.

