Kolumbiyalik ayol plastik operatsiya uchun oilaning barcha jamg‘armasini sarflab, jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etdi. Bu haqda Need to Know nashri xabar tarqatgan.
31 yoshli Sara Milena Echeverriya Alsendraning turmush o‘rtog‘i ayol mutlaqo sog‘lom bo‘lgani, barcha zarur tibbiy ko‘riklardan o‘tgani va ushbu operatsiyaga yillar davomida tayyorlanganini ta’kidlagan.
Uning aytishicha, ular jarrohlik va unga bog‘liq davolanish ishlariga jami 20 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflangan bo‘lib, bu oilaning barcha jamg‘armasi edi.
Operatsiyadan oldin jarrohlar bemordan vazn yo‘qotishni talab qilgan. Sara besh oy ichida diyetolog nazoratida maxsus ovqatlanish va mashg‘ulotlar dasturi orqali 30 kilogrammdan ortiq vazn tashlagan. Shundan keyin u gemoglobin miqdorini oshirish uchun davolangan, to‘liq tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan va operatsiya uchun ruxsat olgan.
Operatsiya kuni er-xotin ertalab barvaqt Barrankilya shahridagi klinikaga kelgan. Amaliyot taxminan yetti soat davom etishi kerak bo‘lgan, biroq boshlanganidan ikki soatdan sal oshgach, erkakka rafiqasi vafot etgani haqida xabar berilgan.
Fojiadan so‘ng Kolumbiya prokuraturasi tergov boshlagan. Tergovchilar o‘limga kam uchraydigan tibbiy asorat sabab bo‘lganmi yoki shifokorlar xatosimi, shuni aniqlashmoqda ekan. Marhumaning jasadi sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan.

