“XIZRNI YO‘QLASAM BO‘LARKAN…”
Qatralar Bir necha kun kasalxonada yotgan ona katta qizi biror marta yo‘qlamaganidan ranjidi. Ko‘nglidan o‘tganini yashirolmay, keliniga yorildi. Kelin qaynonasiga taskin berdi-da, zudlik bilan qaynopasiga yozib yubordi: «Onamiz kasalxonadan chiqdilar. Bir kelib keting. Bilasiz-ku, ko‘nglimiz nozik». Qiz vaziyatni birdan tushundi.

