Yaponiya poytaxti Tokio CEOWORLD Magazine jurnali tomonidan tuzib chiqilgan dunyoning eng boy 300 shahri reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
«Tokio navbatdagi marta 2025-yilda Yer yuzidagi eng boy shahar sifatida tan olindi», deyiladi materialda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya poytaxtining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 2,55 trillion dollarga yetgan. Nyu-York 2,49 trillion dollarlik YAHM bilan reytingda ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir Amerika shahri Los-Anjeles yetakchilar uchligini yakunlab bergan: 1,62 trillion dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan London ($1,47 trillion dollar), Seul ($1,42 trillion dollar) va Parij ($1,39 trillion dollar) joy olgan.
O‘rganishlar natijalariga asoslanib ta’kidlanishicha, reytingda dastlabki o‘nta o‘rinni band etgan shaharlarning umumiy YAHM hajmi butun dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan uchdan bir qismini tashkil etadi.

