Qashqadaryo gazetasi Olam Yer yuzidagi eng boy shahar nomi ma’lum bo‘ldi
Olam

Yer yuzidagi eng boy shahar nomi ma’lum bo‘ldi

Yaponiya poytaxti Tokio CEOWORLD Magazine jurnali tomonidan tuzib chiqilgan dunyoning eng boy 300 shahri reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

 «Tokio navbatdagi marta 2025-yilda Yer yuzidagi eng boy shahar sifatida tan olindi», deyiladi materialda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya poytaxtining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 2,55 trillion dollarga yetgan. Nyu-York 2,49 trillion dollarlik YAHM bilan reytingda ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir Amerika shahri Los-Anjeles yetakchilar uchligini yakunlab bergan: 1,62 trillion dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan London ($1,47 trillion dollar), Seul ($1,42 trillion dollar) va Parij ($1,39 trillion dollar) joy olgan.

O‘rganishlar natijalariga asoslanib ta’kidlanishicha, reytingda dastlabki o‘nta o‘rinni band etgan shaharlarning umumiy YAHM hajmi butun dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan uchdan bir qismini tashkil etadi.

Exit mobile version