An’anaga ko‘ra, har yangi oy arafasida mushtariylarni tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida joriy etilayotgan yoki o‘zgartirilayotgan muhim tartib va normalar bilan tanishtirib borishda davom etamiz. Bu gal 2025 yil 1 apreldan amalga kiritiladigan bir qator yangiliklar xususida to‘xtalamiz.
Davlat rahbarining tegishli farmonlariga asosan:
eksklyuziv huquq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash; tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish maqsadlari uchun beriladi.
«O‘zbekekspertiza» AJ va uning hududiy bo‘linmalarining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish;
«O‘zInjiniring» loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
«Milliy PR-markazi» DUKning O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish;
«Sag agro MTP» MCHJning yong‘oq ishlab chiqaruvchilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
«O‘zbekiston standartlar instituti» davlat muassasasining milliy standartlarni shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi.
* * *
«Ijtimoiy daftarlar» jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun «Ijtimoiy daftarlar» jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etiladi:
kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha grantlar ajratish;
«Yoshlar daftari» jamg‘armasi hisobidan – nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘l haqi xarajatlarini har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish;
6 oy davomida muntazam ravishda sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg‘u asboblarini xarid qilish;
yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joylarini tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatish.
* * *
Chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun «yashil tarif»lar joriy etiladi. Bunda: tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning o‘z hududlarida o‘rnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun;
aholining quyoshdan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
* * *
Cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda: mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan amaldagi referent narxni shakllantirish tizimi saqlab qolinadi;
retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama qo‘llanadi. Ushbu dori vositalarining ulgurji va chakana narxlari cheklangan ulgurji va chakana referent narxlardan yuqori bo‘lmasligi shart;
retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanmaydi;
bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi.
* * *
Daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
* * *
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko‘rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi.
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko‘rsatish jarayoniga nodavlat sektorni jalb etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko‘rsatish qonunchilikka muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan tuziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing yoki boshqa turdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko‘rsatish uchun joylashtiriladigan bolalar soni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi;
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli g‘amxo‘rlik qilish hamda tarbiyalash xizmatining ko‘rsatilishi «Inson» markazlari tomonidan monitoring qilinadi;
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing va boshqa turdagi shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga ruxsat beriladi.
Prezidentning tegishli qarorlariga muvofiq:
ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalari uchun mahalliy budjetdan beriladigan «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
* * *
Shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash (nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi);
nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar bosqichma-bosqich «Ijtimoiy karta» ATdan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
* * *
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;
TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta’limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi va uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;
18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda shaxsning klinik-funksional buzilishlarining tavsifidan kelib chiqib nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantiriladi.
* * *
Referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan retsept bilan beriladigan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda «Xalq nazorati» platformasi orqali quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:
aholiga qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, suv, kanalizatsiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik ta’minoti, transport va yo‘l, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar hamda aholini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan real vaqt rejimida xabar berish imkoniyati yaratilib, bunda kelib tushgan xabarlar tegishli mas’ul idoralarga yo‘naltiriladi hamda ular tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi;
kelib tushgan xabarlarni mas’ul idoralar tomonidan ko‘rib chiqish va hal etish jarayonining har bir bosqichida xabar beruvchilarga kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi;
joylarda muammoli masalalarni aniqlash va hal etish bo‘yicha vakolatli organlarning aholi bilan samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi;
kelib tushgan xabarlar aholining roziligi asosida nazoratdan yechiladi;
aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarining reytingi yuritiladi hamda reyting natijalari jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.
lex.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
