Qashqadaryo gazetasi Ma’naviyat U SHERLAR IÇRA SHER, SUVORIYLAR ARO ENG DOVYURAK EDI
Ma’naviyat

U SHERLAR IÇRA SHER, SUVORIYLAR ARO ENG DOVYURAK EDI

Saralangan satrlar

Jaloliddin Manguberdi… Uning sarkardalik mahorati va şuhratiga möğullardan uçragan mağlubiyati soya solib turadi. Ammo… Ötmişga hozirgi zamon tepaliklaridan turib emas, boz XXI asr közoynagini yeçib nazar solsak, köp haqiqatlar barobarida uşbu masala ham oydinlaşadi: möğullar tarix sahnasida yoz osmonidagi yaşin misoli qöqqisdan qay tariqa paydo böldi? Umuman, ular qanday qudrat kasb etdiki, Yevropaga dovur larzaga keldi?

Demak, masalaga ayni jihatdan yondaşiş örinli: Jaloliddin qanday şart-şaroitda yaşab, kuraş olib bordi va möğullar qanday raqib edi?

Tarixçi Nuryoğdi Toşovning «Jasorat» turkumida çop etilgan «Jaloliddin Manguberdi» ilmiy-ommabop risolasida ayni şu savollarga atrofliça javob topiş mumkin. Tarixning e’tibordan çetda qolayotgan jihatlari haqida keng va qiziqarli ma’lumotlarga ega bölişni istasangiz, uşbu risolani mutolaa qiling.

***

1242-yil bahorida möğul qöşini Yevropaning qoq markazida joylaşgan Avstriya poytaxti Venadan ön çaqirimça yerda savaşga şay holda turardi. Butun Yevropa dahşat oğuşida oxirat kunini kutar, Angliyaning boşqa davlatlar bilan savdo-sotiği töxtab qolgan, Germaniyada odamlar: «Ey parvardigor, bizni tatarlar  azobidan qutqar!» deya ibodat qilardi. Xullas, möğul yo tatar nomi yetib borgan yer borki, odamlarni dahşatu hayrat çulğab olgan, muarrix Ibn al-Asir ham yozganidek, insoniyat tarixida misli körilmagan voqealar yuz bermoqda edi. Bir neça ön yil davomida birda kuçayib, birda susayib keçgan uruşlar natijasi ölaroq Yevroosiyo qit’asining qariyb törtdan uç qismi möğul istiloçilari qöliga ötdi.

***

Yozma manbalarda Yevrosiyo köçmançi xalqlarida iste’molda bölgan «huştak çaluvçi öqlar» haqida ma’lumotlar uçraydi. Arxeologlar şunday kamon öqlarining eski qabrlarda va boşqa yerlarda saqlanib qolgan bir neçta namunasini topib örganişgan ham. Bu öqlar bir neça yöllar bilan, şu jumladan, paykonning ostida öyilgan kovakka soqqaça (şarça) örnatiş orqali yasalgan. Soqqaça asosan içi böş suyakdan qilinar, bir neça joyidan teşib qöyilardi. Kamondan otilgan bunday öq havoda gir aylanib uçar va ötkir, ayrim yirtqiç quşlarning sayraşiga öxşaş böğiq ovoz çiqarar ekan. Huştak çaluvçi öqlar ma’lum xabarni yetkaziş (signal beriş), ovlanayotgan hayvonni esankirab, bir yerda turib qolişga majburlaş, paykonni mustahkamroq biriktiriş kabi maqsadlarga xizmat qilgan, ammo ularning yana bir, ehtimol, eng muhim vazifasi bor edi. Birvarakayiga otilgan yuzlab bunday öqlar ğanimni (uning otlarini ham) sarosimaga solar, unga ruhan oğir ta’sir etardi. Sayrovçi öqlar bir tomondan ularni ixtiro etganlarning qurol-aslaha yasaş sohasidagi mahoratini körsatsa, ikkinçi tomondan ularning harbiy san’ati neçoğlik yuksak rivoj topganidan darak beradi.

***

Barça qilmiş-amallaridan qat’i nazar, A’louddin Muhammad avlodlar yodida omadsiz podşo, manglayiga şafqatsiz va adolatsiz yozmiş bitilgan inson sifatida qoladigan körinadi. Köpçilik nazdida u yuzlab yillar uxlab yotgan yovuz devni uyğotgan odamni eslatadi. Qiziği, Anuşteginiylar davlati qulaşidan köp ötmay Möğuliston tomonlarda yaratilgan «Möğullarning yaşirin tarixi» nomli asarda u hatto eslatilmagan; asar muallifi uni öğli Jaloliddin bilan çalkaştirganday taassurot uyğonadi. Lekin öşa davr musulmon tarixçilarining köpi unga ijobiy baho berişgan. Xususan, Ibn al-Asir uni keng bilimli, ilm ahlini ardoqlovçi, bardoşli, xalqparvar, ayş-işratga befarq hukmdor sifatida ta’riflaydi.

***

Jaloliddin Manguberdi xorazmşoh A’louddin Muhammadning Oyçeçak ismli xotinidan tuğilgan tönğiç öğli edi. Aytilişiça, Oyçeçak kelib çiqişi böyiça kanizak, ya’ni qullardan bölgan. Rossiyalik tarixçi D.M.Timoxin Manguberdining volidasi Oyçeçak Dehli sultonligi hukmdori Şamsiddin Eltutmiş (1211–1236)ning opasi yo singlisi bölganini ehtimoldan xoli tutmaydi. Biroq boşqa tadqiqotçilar fikriça, Şamsiddin Eltutmiş bir muddat Dehlidagi hukmdor saroyida yaşagan Feruz Eltutmiş ismli bir Xorazm şahzodasi bilan çalkaştirilgan. Keyingi fikr haqiqatga yaqinroq, çamasi. Manguberdi bilan Eltutmiş orasidagi munosabatlar tabiati ham ularning qarindoş bölişgani haqidagi taxminga qarşi işlaydi.

***

Şahobiddin Nasaviy özining «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» nomli asarida Jaloliddinni şunday ta’rifu tavsif qiladi: «U qoraçadan kelgan, kalta böyli edi. Körinişi va nutqi turkiy, ammo forsiy tilda ham sözlardi. Şijoatiga kelsak, bu haqda aytiş uçun uning men bayon etgan janglari yetarlidir. U şerlar içra şer, suvoriylar aro eng dovyurak (suvoriy) edi. Va yumşoqtabiat bölib, özini yöqotmas va sökinmas, jiddiy qiyofada yurar, kulmas, faqat tabassum qilar va köp gapirmas edi. U adolatni sevardi, ammo u töqnaş kelgan notinç zamon uni öz girdobiga oldi va fe’l-atvorini özgartirdi. U raiyatning hayotini yaxşilaşni yoqtirardi, biroq tanazzul davrida hukmronlik qilgani bois jabr-zulmga qöl urdi».

***

Odamlar orasida möğullardan qörquv qay darajada bölganini tasavvur qiliş uçun Ibn al-Asirning bir neça guvohliklarini keltiriş kifoya qiladi. Möğullardan biri bir musulmonni tutib olib, uni öldirmoqçi böladi. Ammo yonida quroli yöqligi uçun unga boşini yerga qöyib yotişni va ketib qolmaslikni buyuradi va özi qurol izlab ketadi. Möğul qiliç bilan qaytib kelgunça tutqun uni kutib turadi va keltirilgan qurol bilan boşi olinadi.

***

1225-yili Jaloliddin Bağdod ustiga yurdi, ammo şaharni olmay, Ozarbayjonga yuzlandi. 1225-yili uni zabt etdi va Eldegiziylar (yoki Ozarbayjon otabeklari) sulolasining sönggi vakili Özbek ibn Jahonpahlavonni (1211–1225) poytaxt Tabrizdan haydadi. Endi u Ozarbayjonning katta qismi, Ğarbiy Eron va Xurosonning bir qismini öz içiga oluvçi davlatning hukmfarmosi edi. Şunday qilib, Jaloliddin Manguberdi jismi ketib, ismi qolgan Xorazmşohlar davlatini tiklaşga muvaffaq böldi.

***

Diyorbakr qişloqlaridan birida uni kurd qaroqçilari qölga tuşiradilar. Şulardan biri Jaloliddinning sulton ekanligiga işonmay, Xilot qamali paytida xorazmliklar tomonidan öldirilgan akasining öçini oliş, boşqa taxminga köra esa sultonning qimmatbaho narsalarini qölga kiritiş maqsadida uni nayza sançib öldiradi. Bu maş’um voqea 1231-yil avgust oyining örtalarida röy berdi.

Öz hukmdorining vafoti haqida hikoya qilar ekan, Şahobiddin Nasaviy yozadi: «Agar hatto bu voqea sabab şafaq öz çoyşabini tilka-pora qilsa, bunga haqli edi, axir bu eng katta musibatdir! Başarti oy öz çehrasini tirnab taşlasa, falaklar motamga burkansa, yulduzlar kulga aylansa – yuz bergan fojia bularga ham loyiq edi».

***

Açinarli hollardan biri şundan iboratki, Manguberdining qabri haligaça topilgani yöq. 2021-yili turkiyalik olimlar arab tarixçisi Sibt ibn al-Javziy (1186–1256)ning umumiy tarixga oid «Mir’ot az-zamon fi tarix al-ayon» («Maşhurlar tarixi böyiça zamon közgusi») asarida keltirilgan ma’lumotga tayanib, Jaloliddinning qabri Turkiyaning Silvan (eski Mayaforiqin) şahri yaqinidagi Burji Malik qal’asi atrofida bölişi mumkinligini aniqlaşdi, degan şov-şuvli xabarlar tarqaldi. Bölişi mumkin. Ammo bu taxmin faktga aylanişi uçun hali köp izlanişlar olib borişga töğri keladi.

***

Ma’lumki, 1260-yil 4-aprel kuni Falastindagi Ayn Jalut degan buloq yonida bölib ötgan jangda möğullar tor-mor keltirilib, ularning ğarbga qarab yurişlari töxtatilgan edi. Jangdan söng Sayfiddin Qutuz faxr bilan: «Men möğullarni yakson qildim va xorazmşoh amakimning öçini oldim», degan ekan. Zero, manbalardan ma’lum bölişiça, Qutuzning onasi Manguberdining opasi, otasi esa uning amakivaççasi edi.

Z.M.Buniyotov ma’lumotiga köra, xorazmiylarning avlodlari hozirga qadar Turkiya, Suriya, Misr va Iroq mamlakatlarida Xorazm, Xurzum, Xözöm va şunga öxşaş nomlar bilan ataluvçi qişloqlarda yaşab kelişmoqda.

***

Alğov-dalğovlarga qaramay, Jaloliddin Manguberdi özining hukmdor sifatidagi burç va majburiyatlarini ado etişga, öz hokimiyatining legitimligini asoslaşga qaratilgan işlarni ham kanda qilmagan. Xususan, u hali Hindistonda ekanligida hozirgi Pokistonning Karaçi şahri şarqidagi Damrilada bir masjid qurdirgan. Aytilişiça, uning xarobalari hozirgaça saqlanib qolgan. Bundan taşqari, u Isfahon, Maroğa va Xilot şaharlarida turli imoratlar barpo etganini bilamiz.

Möğullarning davomiy hamlalarini boşidan keçirib, qirğinbarot janglarga, son-sanoqsiz qurbonlar-u vayronagarçiliklarga guvoh bölgan xalq ongida Jaloliddin Manguberdiga nisbatan işonç, uning ğalabasiga umid şunçalar katta bölgandirki, uning vafotidan söng odamlar orasida: «Sulton ölgani yöq, u laşkar töplab yuribdi», degan ovozalar tarqaladi. Juvayniyning guvohlik berişiça, yillar ötib ham vaqti-vaqti bilan xalq orasida: «Sultonni falon joyda körişibdi» yoki «u xirqa kiyib, tasavvufga berilibdi», degan gaplar yurardi. 1236-yilda esa bir kişi özini Sulton Jaloliddin deb e’lon qilib, möğullarga qarşi boş kötaradi. Möğul amirlari Jaloliddinni taniydigan bir guruh kişilarni olib kelib, uning yolğon gapirayotganidan voqif bölişadi va uni qatl qilişadi. Şu tarixçining yozişiça, 1254-yilda, ya’ni Jaloliddin vafotidan 23 yil keyin bir guruh savdogarlar Amudaryo böyiga yetib kelişadi. Ulardan biri özini Sulton Jaloliddin deb taniştiradi va qança qiynasalar ham öz sözidan qaytmaydi, natijada möğullar uni ham öldiradilar.

B.SAYFIYEV tayyorladi.

Exit mobile version