Qashqadaryo gazetasi Jarayon 401,8 GEKTAR YER MULK HUQUQI BILAN, 468 TA LOT MASTER REJA ASOSIDA, 62 TA UÇASTKA ESA “TAYYOR PAKET” USULIDA AUKSIONDA SOTILADI
Jarayon

401,8 GEKTAR YER MULK HUQUQI BILAN, 468 TA LOT MASTER REJA ASOSIDA, 62 TA UÇASTKA ESA “TAYYOR PAKET” USULIDA AUKSIONDA SOTILADI

Mulkdor va davr

2026-2027-yillarda viloyatda davlat va davlat iştirokidagi 44 ta korxonaning köçmas mulk ob’ektlari, «Qaşqadaryo yöllardan muntazam foydalaniş korxonasi»ning 100 aksiya paketi (uluş) ommaviy savdolarga çiqariladi. Bundan taşqari,  davlat va davlat iştirokidagi 8 ta korxonaning aktivlarini ommaviy savdolarga çiqariş va sotiş jarayonlari jadallaştiriladi.

Bu vazifalar Prezident iqtisodiyot tarmoqlarida transformatsiya va davlat iştirokidagi yirik korxonalarni xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş orqali investitsiyalarni keng jalb etiş uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida şu yil 28- avgustda imzolagan va 8-sentabrdan kuçga kirgan «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonda belgilangan.

Hujjatga köra, 2026-2027-yillarda Qamaşi tumanidagi 17 ta mahalliy boşqaruv organini bir joyda maqbul joylaştiriş ham közda tutilgan. Natijada böşagan 9 ta davlat köçmas mulk ob’ekti elektron onlayn auksion savdolari orqali sotiladi. 

Bundan taşqari, Özbekiston mahallalari uyuşmasining Qarşi tumani bölimi balansidagi Qovçin qişloği 222/1-uy manzilida joylaşgan Yangi hayot MFY binosi ham nodavlat notijorat taşkilotlariga operativ boşqaruv yoki tekin foydalaniş huquqi bilan biriktirilgan hamda 2026-2027-yillarda xususiylaştiriladigan davlat köçmas mulk ob’ektlari röyxatiga kiritilgan.

Yana bir muhim yönaliş: tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini taşkil etiş uçun Qaşqadaryodan joriy yilda 401,8 gektar yer uçastkalari ustuvor ravişda mulk huquqi asosida elektron onlayn auksion savdolariga çiqariladi.

8 ta tuman hududida joylaşgan 211,15 gektar yer esa 468 ta lotga bölinib, 2026-2027-yillarda master reja asosida elektron onlayn auksion savdolariga qöyiladi.

Şuningdek, Qarşi şahri va har bir tumandan 4 tadan hamda Şahrisabz şahridan 2 ta, jami 62 ta yer uçastkasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanişning texnik şartlari va qurilişga ruxsat beruvçi barça hujjatlar asosida «Tayyor paket» usulida elektron onlayn auksion savdolarida sotiladi.

Dehqonobod, Muborak, Qarşi, Nişon va Kökdala tumanlarida joylaşgan 8 ta köçmas mulkni 1 million söm boşlanğiç qiymatda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotiş közda tutilgan.

Umuman, farmon asosida davlat va davlat iştirokidagi korxonalarga tegişli 84 ta jamiyat ustav kapitalidagi uluşlarni, 1 ming 242 ta köçmas mulk ob’ektini va 8 ming gektar yer uçastkalarini savdoga çiqariş; davlat iştirokidagi 85 ta korxonani tugatiş va qayta taşkil etiş; umumiy qiymati 100 trillion sömga yaqin davlat va davlat iştirokidagi korxonalar aktivlarini hamda yer uçastkalarini savdoga çiqariş va kamida 14 trillion söm tuşumni ta’minlaş joriy yilgi iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş hamda xususiylaştiriş dasturining asosiy maqsadli körsatkiçlari etib belgilangan.

*  *  *

Farmonda xususiylaştiriş va davlat mulkini ijaraga olişdagi qator yangi imtiyozlar ham körsatib ötilgan bölib, ular ommaviy savdolarga çiqarilayotgan davlat va davlat iştirokidagi korxonalar aktivlari, köçmas mulk ob’ektlari va yer uçastkalarining jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.

Xususan, davlat aktivlari va qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini sotib olişda avans tölovi 15 foiz miqdorida va uni tölaş muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi hamda talabgorlarga qolgan summani qonunçilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi.

Sotib oliş tölovlari bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma uç ming baravaridan yuqori bölgan elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari hamda bazaviy hisoblaş miqdorining sakkiz ming baravaridan yuqori bölgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari böyiça:

100 foiz tölovni olti oy davomida tölagan xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz çegirma qöllaş;

50 foiz tölovni olti oy davomida tölagan xaridorga qolgan summani foizsiz 7 yil davomida bölib-bölib tölaş;

35 foiz tölovni uç oy davomida tölagan xaridorga qolgan summani foizsiz 5 yil davomida bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi.

Davlat aktivlari uçun tölovning kamida   50 foizini tölagan xaridorlarga ularni rekonstruksiya qiliş (yangidan quriş uçun buziş) va ta’mirlaş huquqi beriladi.

Bundan taşqari, davlat aktivlari oçiq elektron onlayn auksion va birja savdolarida uç oy davomida sotilmaganda ularning boşlanğiç narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigaça bosqiçma-bosqiç 10 foizdan pasaytiriladi. Ular ikki oy davomida sotilmaganda esa Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga davlat aktivlarini lotlarga bölgan yoki birlaştirgan holda qayta savdoga çiqariş vakolati beriladi.

 Davlat va davlat iştirokidagi korxonalar aktivlari, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini sotiş böyiça elektron onlayn auksion savdolarida auksion qadami auksion ob’ekti boşlanğiç narxining bir foizi miqdorida belgilanadi;

takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tuşgan taqdirda, unga uşbu savdoda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib oliş taklif etiladi;

elektron onlayn auksion va tanlov savdosini ötkaziş töğrisidagi xabarnomani e’lon qiliş muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga qisqartiriladi.

Farmon asosida yölga qöyilayotgan davlat mulkini sotişning yangi mexanizmlariga köra, köçmas mulk ob’ektlari xususiylaştirilganda ularga biriktirilgan yer uçastkalariga nisbatan sotilgunga qadar bölgan huquqlar (umrbod egalik qiliş, doimiy foydalaniş va ijara huquqi) ularni xususiylaştirib olgan subyektlar uçun amaldagi tartibda saqlanib qoladi.

Xususiylaştiriş subyektlariga tegişli yer uçastkasining bir qismi yölning hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining muhofaza zonasi hududida joylaşganda, uning muhofaza zonasiga tuşmagan qismini xususiylaştirişga yöl qöyiladi.

*  *  *

Umuman, farmon ijrosi va unda közda tutilgan imtiyozlar orqali milliy iqtisodiyotda xususiy sektor uluşi ortadi. Tijorat banklari balansida yillab realizatsiya qilinmay yotgan aktivlarning sotilişi jadallaşadi. Davlat iştirokidagi yirik korxonalar xususiylaşadi. Davlat mulkidan samarali foydalaniş tizimi  takomillaşadi. Auksionda sotilgan yer uçastkalaridan rejali foydalaniş körsatkiçi ösadi. Natijada investitsiyalarni keng jalb etiş uçun qulay şart-şaroit yaratiladi. 

Demak, farmonda iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça közda tutilgan qöşimça çora-tadbirlar, eng avvalo, mavjud resurslarga yangiça iqtisodiy tafakkur bilan yondaşiş, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni işga soliş, xususiy taşabbus va investitsiyalarga keng yöl oçiş, tadbirkorlik muhitini yanada jonlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.

Öz muxbirimiz

Exit mobile version