Italiyada Brightstar lotereya kompaniyasining beş nafar sobiq xodimiga 24 million yevro miqdoridagi yutuqni qölga kiritişga yordam bergani taxmin qilinayotgan firibgarlik sxemasi foş etildi. Bu haqda la Repubblica naşri xabar bergan.
Rim moliya politsiyasi gumonlanuvçilar lotereya operatorining kompyuter tizimlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölganini aniqlagan. Şu tariqa ular hali savdoga çiqarilmagan yutuqli çiptalarni oldindan aniqlagan va qaysi savdo nuqtalariga yetkazib berilişini kuzatib borgan. Şundan söng işonçli şaxslar orqali aynan şu çiptalar sotib olingan.
Tergovçilar hozirga qadar şunday törtta holatni aniqlagan. Ularning ikkitasi 7 million yevrodan, qolgan ikkitasi esa 5 million yevrodan yutuq keltirgan.
Gumonlanuvçilarning umumiy qiymati 25 million yevrodan ortiq bölgan mol-mulki va moliyaviy aktivlari xatlangan. Ular mamlakatning turli provinsiyalarida joylaşgan 25 ta köçmas mulk ob’ekti, beşta avtomobil va mototsikl, şuningdek, pul mablağlaridan iborat.