Qashqadaryo gazetasi Jarayon NOSOĞLOM MUHIT BILIM VA SALOHIYAT YÖLINI TÖSADI
Jarayon

NOSOĞLOM MUHIT BILIM VA SALOHIYAT YÖLINI TÖSADI

Qaror va ijro

Mehnat sohasida xodimlarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş, xavfsiz, hurmatga asoslangan va kamsitişdan xoli iş muhitini ta’minlaş, tazyiq, zöravonlik va şu maqsadda xizmat mavqeini suiiste’mol qiliş holatlarining (workplace harassment) oldini oliş, bunday holatlar yuzasidan murojaatlarni xolis, tezkor va şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikka asosan körib çiqiş inson qadri ustuvor bölgan jamiyatning muhim talabiga aylanişi şart. Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori aynan şu maqsadni közda tutgani bilan ğoyatda ahamiyatlidir.

Hujjatda davlat organlari va taşkilotlarida, ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarda hamda ustav kapitalida uşbu yuridik şaxslarning uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan subyektlarda, şuningdek, mulkçilik şaklidan qat’i nazar boşqa korxona, taşkilot va muassasalarda Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş dasturini bosqiçma-bosqiç joriy etiş nazarda tutilgan.

Ana şundan kelib çiqib, Prezident huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi Qaşqadaryo viloyati filiali tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim taşkilotlarining professor-öqituvçilari va malakali pedagoglaridan iborat 50 nafar trener jalb etilib, hududlarda qaror mazmun-mohiyatini tarğib qiliş, unda belgilangan vazifalarni amalga oşiriş böyiça davlat organlari va taşkilotlari xodimlari va mansabdor şaxslari iştirokida qisqa trening kurslari, seminarlar taşkil etilmoqda.

Maşğulotlarda mehnat sohasida tazyiq, jinsiy va jismoniy zöravonlik, şahvoniy şilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib, kamsitiş va şu maqsadda mansab mavqeini suiiste’mol qilişga qaratilgan harakatlarning, ularga oid huquqbuzarliklar yaşirilişining oldini oliş; bunday holatlar sodir etilganligi böyiça murojaatlarni qabul qiliş va xolisona baho berilişi ustidan qat’iy nazorat örnatiş, murojaat etgan fuqarolarning şaxsiga oid ma’lumotlarni himoya qiliş yuzasidan ma’ruzalar öqilmoqda va amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Prezident qarorida axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tazyiq va zöravonlik holatlariga oid murojaatlarni onlayn qabul qiliş hamda körib çiqiş jarayonlarini raqamlaştiriş maqsadida «Xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhiti» axborot portalini joriy etiş nazarda tutilgani ham e’tiborga molik. Bundan maqsad, nafaqat tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, balki davlat organlari va taşkilotlari, turli korxona va muassasalarda har bir xodimning hali töliq namoyon bölmagan qobiliyati, kasbiy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga çiqariş, mehnatga bölgan qiziqişi va taşabbuskorligini oşiriş uçun qulay muhit yaratişdir.

Zero, inson özini qadrlangan va himoyalangan his etgan jamoada fikrini erkin bildiradi, yangilikka intiladi, mas’uliyatni çuqur his etadi. Aksinça, nosoğlom muhit, asossiz tanqid, ruhiy bosim va ta’qib qiliş hatto eng bilimli va salohiyatli xodimning ham taşabbuskorligiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Ayni paytga qadar Qaşqadaryoda davlat organlari va taşkilotlari xodimlari hamda mansabdor şaxslaridan 1700 nafardan ortiği öqitilgan trening kurslari, seminarlarda özaro hurmat, adolat va oçiq muloqotga asoslangan boşqaruv madaniyatini mustahkamlaş masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilgani şundan.

Xulosa şuki, inson qadrlangan joyda işonç, işonç bor joyda taşabbus, taşabbus bor joyda esa yuksaliş va taraqqiyot böladi. Xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitining asl mohiyati ham ana şunda körinadi.

Xolmömin AZIZOV,

Boşqaruv samaradorligi agentligi Qaşqadaryo viloyati filiali boşliği örinbosari

Exit mobile version