Qashqadaryo gazetasi Jamiyat 1-NOYABRDAN AMALDA
Jamiyat

1-NOYABRDAN AMALDA

An’anaga köra, har yangi oy arafasida muştariylarni tegişli   meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida joriy etilayotgan yoki özgartirilayotgan muhim tartib va normalar haqida xabardor qilib borişda davom etamiz. Bu gal 2026–yil 1–noyabrdan amalga kiritiladigan bir qator yangiliklar xususida töxtalamiz.

Davlat rahbarining tegişli farmonlariga asosan

Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida:

Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga (EHNAT) hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimiga (TGNHAT) ulangan, masofadan öçiriş (yoqiş) imkoniyatiga ega hisoblagiçi bölgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uçun oldindan tölanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilanadi (oxirgi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);

elektr energiyasi va gaz sarfi töğrisidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalariga topşiriş majburiyati bekor qilinadi;

iste’molçilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlaş böyiça xizmatlar körsatiş şartnomalarini elektron tuziş orqali ularni qoğozda rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.

*  *  *

Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida:

Jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegiş),  119 (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş), 121 (şaxsni jinsiy aloqa qilişga majbur etiş), 128 (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş), 1281 (ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoki mulkiy yoxud boşqaça tarzda manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş), 129 (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar böyiça tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergov faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oşiriladi;

voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik böyiça ma’muriy huquqbuzarlikka oid iş hujjatlari qilmişda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan söng sudga yuboriladi.

*  *  *

Arxiv işi sohasini raqamlaştiriş va sohada boşqaruv samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida:

taşkilotlar, şu jumladan, nodavlat arxivlar özlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari töğrisidagi ma’lumotlarni davlat arxivlariga Arxiv axborot tizimi orqali onlayn taqdim etadi;

davlat arxivlarining jamlaş manbalari bölgan taşkilotlarga nodavlat arxivlar tomonidan pulli xizmatlar körsatişda davlat arxivining roziligini oliş amaliyoti bekor qilinadi;

davlat arxivlari öquv zallari foydalanuvçilariga arxiv hujjatlarini vaqtinça foydalanişga beriş muddati ikki oygaça uzaytiriladi.

Prezidentning tegişli qarorlariga muvofiq

Ilğor «yaşil» texnologiyalar asosida issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş va aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida:

2030-yil 1-aprelga qadar issiqlik energiyasini tejovçi maxsus qoplama «körpa» bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador va ekologik toza «yaşil» isitiş vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitiş tizimlari, quyoş issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitiş tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xöjaliklariga oktabr-mart oylarida issiqxona faoliyati uçun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan subsidiya ajratiladi.

*  *  *

Transport-logistika tizimini rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida:

respublikada logistika jozibadorligi va kuryerlik jönatmalari hajmini oşiriş maqsadida xalqaro kuryerlik jönatmalarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazganlik uçun amaldagi bojxona yiğimi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.

*  *  *

Davlat pensiya ta’minotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida:

işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan işsiz deb e’tirof etilgan şaxslarga umumiy belgilangan yoşdan ikki yil avval yoşga doir pensiya tayinlaş xizmati fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv şaklda körsatiladi, bunda fuqaroga proaktiv şaklda tayinlangan pensiyalarni rad qiliş huquqi beriladi;

mehnat şaroiti zararli va oğir işlarda band bölgan hamda boşqa umumiy belgilangan yoşni qisqartirgan holda pensiya oliş huquqi mavjud şaxslarga imtiyozli şartlarda pensiya tayinlaş xizmati fuqarolarning xohişiga köra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ularning murojaatlariga asosan interaktiv şaklda körsatiladi.

Pensionerlarga bank kartasini oçiş bilan boğliq xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) orqali amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.

*  *  *

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlaş tizimini isloh qiliş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida:

«LPG-Trade» MÇJ tomonidan suyultirilgan gazni birja orqali sotib olib, aholiga yetkazib beriş tizimi joriy qilinadi. Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari import hisobidan ham aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beradi;

ijtimoiy soha obyektlari ehtiyojlari uçun suyultirilgan gaz bozor tamoyillariga asosan şakllanadigan birja narxlarida «LPG-Trade» MÇJ tomonidan yetkazib beriladi.

*  *  *

Içki işlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlaş faoliyatiga yangiça işlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida:

patrullik yönalişida bölgan içki işlar organlari patrul-post va qöriqlaş xizmatlari naryadlari tomonidan «112» tizimi orqali kelib tuşgan, nafaqat jamoat joylarida, balki aholi yaşaş xonadonlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar töğrisidagi xabarlar böyiça ham tezkorlik bilan yetib boriş amaliyoti yölga qöyiladi;

jamoat tartibini saqlaşga jalb etiladigan kuç va vositalardan kompleks foydalaniş va boşqariş rejasi asosida patrullik yönalişlari mahallalardagi içki köçalarni ham qamrab oladi;

24/7 rejimdagi gastronomik köçalarda jamoat tartibini saqlaş içki işlar organlari va hududiy hokimliklar örtasida tuziladigan şartnoma asosida patrul-post xizmati bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi;

ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan şaxslarga nisbatan kelgusi ommaviy tadbirlarga kirişiga vaqtinça çyeklov qöyiladi.

*  *  *

Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida:

mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yöli bilan tovar (iş, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxslar faqat şaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan söng uşbu harakatlarni (reklamani) amalga oşiradi;

mobil aloqa vositalariga reklama qönğiroqlari va SMS-xabarnomalarni jönatiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar özlarining axborot tizimlarini Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazgandan keyin tegişli xizmatlarni körsatişiga yöl qöyiladi;

reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gaça tarqatiş taqiqlanadi;

mobil aloqa operatorlariga özlari tomonidan tarqatiladigan reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini abonent söroviga köra töliq yoki qisman bloklaş majburiyati yuklatiladi;

mazkur talablarga rioya etmaslik reklama hamda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş hisoblanadi va tegişli çoralar köriş uçun asos böladi.

*  *  *

Urbanizatsiya va uy-joy qurilişi sohasida islohotlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida:

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi tomonidan master rejalarning yagona elektron reyestri yuritiladi va ularning raqamlaştirilgan nusxalari saqlanadi. Bunda röyxatdan ötkazilmagan master rejalarni amalga oşirişga, şuningdek, ular asosida şaharsozlik, quriliş, investitsiya va boşqa faoliyatni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga binoan

Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida:

reabilitatsiya qilişning texnik vositalariga muhtojlik belgilangan şaxslarni mazkur vositalar bilan ta’minlaş ularning ijtimoiy kartalariga xarid qiliş uçun mablağlarni ötkazib beriş orqali amalga oşiriladi.

lex.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Exit mobile version