Haftalik
Toşkent şahridagi «Central Asian Expo Uzbekistan» xalqaro körgazmalar majmuasida «Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar» şiori ostida «InnoWeek-2026» xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi ötkazildi.
Mazkur nufuzli tadbir ilm-fan taraqqiyoti yölida izlanayotgan va mehnat qilayotgan yoş olimlar, ixtiroçilar özaro fikr almaşişi, yangi ğoyalarni özlaştirişi, tajriba oşirişi uçun muhim maydon böldi. Eng yaxşilar taqdirlandi. Turli seminar-treninglar, maşğulotlar böldi. Tanlovlar taşkil etildi. Tadbirkorlar va innovatorlar uçraşuvlari ötkazildi. Xorijiy ekspertlar bilan fikr almaşildi.
E’tiborlisi, nufuzli tadbirda qaşqadaryolik olimlar va talabalar ham faol iştirok etdilar. Ayniqsa, Qarşi davlat texnika universiteti jamoasi bu borada ilğor böldi.
Universitetning neft-gaz va geologiya fakulteti dekani Abbos Şodiyev «Innovatsion ğoyalar yetakçisi» kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Mazkur nişon 2018-yilda ta’sis etilgan bölib, 2019-yildan boşlab u bilan har bir hududdan innovatsion ğoya va texnologiyalarni rivojlantiriş va ularni amaliyotga tatbiq etişga munosib hissa qöşgan yoş olimlar va talabalar hamda taşabbuskor fuqarolar taqdirlab kelinmoqda.
Tadbir davomida xotin-qizlar örtasida ötkazilgan «Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi» tanlovi ğoliblari ham taqdirlandilar. Unda viloyatimizdan 6 nafar olima turli nominatsiyalar böyiça ğolib böldi.
– Mening loyiham korxonamizdagi oqova suvlarni utilizatsiya qiliş va iqtisodiy samaradorlikni oşirişga qaratilgan, – deydi tanlov ğolibi, «Şörtan gaz-kimyo majmuasi» MCHJ transformatsiya va operatsion samaradorlik xizmati mutaxassisi Nasiba Abdurahmonova. – Albatta, yurtimizdagi eng ixtiroçi 100 nafar xotin-qizlar safida böliş kişiga quvonç bağişlaydi. Nasib bölsa, özim yaratgan qurilmani yanada takomillaştiraman.
Qarşi davlat texnika universitetining yoş olimlari Hamidilla Almardonov, Feruza Oçilova va Uyğun Xolovning turli tanlovlardagi muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi. Özbekiston – Ozarbayjon xalqaro loyiha tanlovida ğolib bölgan Bobir Toşmamatovga esa 2 milliard 560 million sömlik grant sertifikati topşirildi.
Bundan taşqari, Qarşi davlat texnika universitetiga Koreya Respublikasining TYM kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan zamonaviy qişloq xöjaligi texnikasi topşirildi.
– Haftalik doirasida oliy ta’lim taşkilotlari örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, – deydi Qarşi davlat texnika universiteti prorektori G‘ulom Uzoqov. – «Özbekiston texnologik metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan bitimda birgalikda amalga oşirişimiz lozim bölgan vazifalar belgilab olindi. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ mas’ullari bilan uçraşuvda esa özaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda «Eng yaxşi oliy ta’lim ixtiroçisi» respublika tanlovi ğoliblari taqdirlandi. Oliy ta’lim taşkilotlarida yaratilayotgan yangi işlanmalar va ixtirolarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy-innovatsion faoliyatni rağbatlantiriş hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etişga kömaklaşişni maqsad qilgan uşbu tanlov natijalari viloyatimiz vakillari uçun ham omadli böldi. Eng köp ğoliblarni tayyorlagan Qarşi davlat universiteti 500 million söm mukofoti bilan taqdirlandi.
Xullas, yutuqlarimiz bisyor. Bu, öz navbatida, katta mas’uliyat hamdir. Qolaversa, oliygohlarimiz ertaga bugungidan ham faol, taşabbuskor va izlanuvçan bölişi kerakligini anglatadi. Zero, yoş olimlar va talabalarning ilm-fan yölidagi yutuqlari ularning hamkasblari va boşqa yoşlarni ham izlanişga, yangi ğoyalar ustida jiddiy mehnat qilişga undaydi.
Abdurazzoq DAVRON