Qashqadaryo gazetasi Olam Abonent ishonchsiz tasvirlangan tarixiy voqealar sabab kutubxonaga o‘t qo‘ydi
Olam

Abonent ishonchsiz tasvirlangan tarixiy voqealar sabab kutubxonaga o‘t qo‘ydi

Berlinda erkak boshqa o‘quvchilarni haqiqatni buzib ko‘rsatuvchi kitoblardan xalos qilishga urinib, kutubxonada yong‘in sodir etdi. Bu haqda politsiya hisobotida so‘z boradi.

Voqea Sharlottenburg tumanidagi Fransuz madaniyat markazi qoshidagi jamoat kutubxonasida ro‘y bergan. Politsiya kunduz kuni soat 12:10lar atrofida ushbu muassasadagi yong‘in haqida xabar olgan va voqea joyiga yetib kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli abonent kutubxonadagi bir nechta kitoblarga tez yonuvchi modda sepib, ularni yoqib yuborgan. Biroq yong‘in atrofdagilarning faol ishtirokida tezda bartaraf etilgan.

O‘t qo‘yuvchi qo‘lga olinish vaqtida qarshilik ko‘rsatmagan va hatto o‘z qilmishi sababini tushuntirib bergan. Uning fikricha, u yoqqan kitoblarda tasvirlangan tarixiy voqealar  ishonchsiz hisoblanadi, shuning uchun ulardan qutulishga qaror qilgan.

Holatga oydinlik kiritilgach, tergovchilar erkakni hibsdan ozod qilgan.

Exit mobile version