Qashqadaryo gazetasi Olam Alkogolga qaram rohib ibodatxonadan haydaldi
Olam

Alkogolga qaram rohib ibodatxonadan haydaldi

Tailand shimoli-sharqidagi budda ibodatxonasidan muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilib kelgan rohib quvib solindi. Bu haqda Khaosod nashri xabar tarqatgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, monax bir yil davomida deyarli har kuni yaqin atrofdagi do‘kondan pivo sotib olgan. Holat kuzatuv kameralaridan olingan foto va video tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng keng jamoatchilikning e’tiboriga tushgan.

Avvaliga sotuvchi rohib spirtli ichimliklarni butxona ishchilari uchun sotib olayapti deb o‘ylagan. Biroq keyinchalik ularni uning o‘zi iste’mol qilishi ma’lum bo‘lgan.

Politsiya alkogolga tahlil uchun boshqa monaxlardan ham qon olgan, ularning natijalari esa manfiy chiqqan.

Exit mobile version